So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata uyushtirilgan ochiq otishma oqibatida 50 dan ziyod odam halok bo‘lgan, 200 dan ko‘prog‘i yaralangan. Bu haqda shahar politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Otishmani keltirib chiqargan o‘qotar — 62 yoshli Stiven Peddok politsiya maxsus kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan. O‘qotar nima sababdan bunday qilgani noma’lum.
Xabar berishlaricha, kantri-festival ishtirokchilariga qarata “Mandalay Bey” mehmonxonasidan turib o‘q yog‘dirilgan. Otishma avtomatik quroldan olib borilgan. Politsiya maxsus xizmati mehmonxona xonasiga bostirib kirib, o‘qotarni o‘ldirgan.
O‘qotarning dugonasi qidiruvga berilgan. Ayni vaqtda politsiya uni o‘qotarning sherigi deb hisoblamayapti, faqat uning yordamida ba’zi savollarga javob topmoqchi.
Izoh (0)