AQSh Federal qidiruv byurosining Las-Vegas filiali boshlig‘i Aaron Rouz matbuot anjumani chog‘ida shaharda ro‘y bergan otishmaning terrorchilik tashkilotiga aloqador emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ilgariroq ommaviy qotillik uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 64 yoshli Stiven Peddok Las-Vegasdagi musiqiy festivalga hujum uyushtirishi oqibatida 58 kishi halok bo‘ldi, 515 kishi jabrlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)