O‘zMTRKning “Sport” telekanali futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan joy olgan “Navbahor” va “Paxtakor” qarama-qarshiligini jonli ko‘rsatadi. Bu haqda telekanaldagi manba “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Bu avvaldan rejalashtirilmagan bo‘lib, 1-oktabr 18:00 ga programmaga Italiya A seriyasi o‘yinlaridan biri kiritib qo‘yilgandi. Ko‘rinishidan, Namangandagi o‘yin translyatsiyasining texnik ishlari hal etilgan.
“Navbahor” o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan 2017-yilgi mavsumning Oliy Ligadagi yagona vakili bo‘lib turibdi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Shota Arveladze jamoasi mezbonlarning bu an’anasini yo‘qara oladimi yoki yo‘q savoliga 18:00 dan boshlab javob topish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)