O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov AQShda bo‘lib turibdi, deb yozdi “Olamsport”. Bundan maqsad Bellator bilan shartnoma imzolash.
Avvalroq Murod Xonto‘rayev ham Mahmud Murodov Bellator bilan shartnoma imzolash arafasida turgani haqida aytib, bu borada unga omad tilagandi.Murodov AQShda mashg‘ulotlarni kanda qilayotgani yo‘q. Aniqlik kiritilishicha, u boks afsonalaridan biri Floyd Meyvezerga tegishli zallardan birida mashg‘ulot olib bormoqda. Sportchining kelgusi taqdiri va kutilayotgan shartnoma masalalariga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)