Rossiya havo-kosmik kuchlarining 19–29-sentabr kunlari Suriyada amalga oshirgan zarbalari natijasida 2 359 jangari o‘ldirildi, 2,7 mingga yaqini yaralandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Halok bo‘lganlar orasida 16 nafari turli darajadagi dala komandirlari, 400 dan ortig‘i Rossiya va MDH mamlakatlaridan kelgan ekstremistlardir.
Bundan tashqari, 67 tayanch punkti, 27 tank, 21 reaktiv olov tizimlari, yirik kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan 149 avtomobil, 17 “jihodmobil” va 51 o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Izoh (0)