Dayr az-Zavr shahri yaqin bir necha hafta ichida IShID terrorchilaridan butunlay tozalanadi. Bu haqda Dayr az-Zavr viloyati hokimi Muhammad as-Samra bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozir terrorchilar shahar maydonining 60 foizini nazorat ostida saqlab turibdi.
“Bu hudud ozod qilinishini armiya qo‘mondonligi aniqlay oladi. O‘ylashimcha, bir necha hafta kerak bo‘ladi. Janglar davom etmoqda, jangarilar har kuni o‘lmoqda”, — dedi u.
As-Samra jangovar harakatlar aeroport blokadasi olib tashlanganidan so‘ng ham to‘xtamaganini ma’lum qildi. Sharqdagi Jafra va Mariiya tumanlari ozod qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)