Yevropa kuchayib borayotgan tahdidlar, xususan, terrorchilik, kiberjinoyatchilik va Rossiya tajovuzi qarshisida turibdi. Bu haqda Tallinda o‘z ishini boshlagan Yevroittifoqning raqamli texnologiyalari bo‘yicha sammiti arafasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Terrorchilikdan kiberjinoyatchilikkacha, noqonuniy migratsiyadan Rossiya tajovuzigacha — biz, yevropaliklar oldida turgan tahdidlar ko‘lamli va murakkab bo‘lib bormoqda. Bunga birgalikda qarshi turish manfaatlarimiz uchun xizmat qiladi”, — ta’kidladi Mey.
Bosh vazir Britaniyaning Yevropa xavfsizligini ta’minlashdagi muhim o‘rnini qayd etdi.
“Buyuk Britaniya Yevropadagi yirik mudofaa budjeti, keng diplomatik tarmog‘i, dunyo miqyosidagi xavfsizlik xizmatlari, razvedka va huquq-tartibot idoralariga ega, NATOning asosini tashkil etadi. Uning Yevropa mudofaasini ta’minlashdagi o‘rni har qachongidan muhim bo‘lib turibdi”, — ta’kidladi bosh vazir.
Izoh (0)