Telegram messenjeri Rossiya va Eronda, shuningdek, “erkinlikni hurmat qiluvchi” mamlakatlarda himoyalangan kontentni ta’minlashda davom etadi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxsan unga trafikni rasshifrovka qilishni talab qilayotgan mamlakatlar tomonidan o‘tkazilayotgan bosim hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. “Ba’zi mamlakatlar o‘z foydalanuvchilarimiz maxfiyligini himoya qilayotganligimizda ayblayotganlari bilan ishimiz yo‘q. Biz bunday joylarda bizga bosim o‘tkazish dastagi bo‘lmasligi uchun biznesimizni yopib, butun personalimizni qisqartirishga doimo tayyormiz. Ular bizni o‘z hududlarida bloklab qo‘yishga urinishi mumkin, ammo ularga bu ham yordam bermaydi”, — deb yozdi Durov.
Eslatib o‘tamiz, Eronda Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Messenjer ekstremistik materiallar va bolalar pornogorafiyasini tarqatishda ayblandi.
Izoh (0)