Xitoy rasmiylari BMTning 2375-rezolyutsiyasini ijro etish doirasida 120 kun ichida Shimoliy Koreya vakili bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirokida ochilgan barcha korxonalarni yopishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda XXR tijorat vazirligining bayonotida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Xitoyda ishlab turgan, KXDRdan bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, kooperativ tashkilotlari, shuningdek, chet el kapitaliga ega korxonalar BMT 2375-rezolyutsiyasi qabul qilingan kundan boshlab (2017-yil 12-sentabr) 120 kun ichida faoliyatini to‘xtatishi lozim”, — deyiladi hujjatda.
Vazirlik, shuningdek, mamlakat fuqarolariga Xitoydan tashqarida KXDR ishtirokida ochilgan korxonalarni yopishni belgiladi. Uy-joy xo‘jaligi sohasidagi notijoriy tashkilotlar bundan mustasno.
2375-rezolyutsiyasiga muvofiq, bu holat Xitoy va KXDRning gidroelektr-energetik strukturalar yaratish borasidagi loyihalariga nisbatan amal qilmaydi.
Izoh (0)