Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afrika mamlakatlarining 20 milliard dollardan oshiqroq qarzlari bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Katta qarzdorlikka ega eng kambag‘al mamlakatlarga yordam berish tashabbusi doirasida Afrika mamlakatlarining 20 milliard dollar qarzidan voz kechdik”, — dedi u jurnalistlarga Gvineya prezidenti Alfa Konde bilan muloqot yakunlariga ko‘ra.
Prezident 2016-yili Rossiya Butunjahon oziq-ovqat tashkiloti kanallari orqali Afrikaga 5 million dollar yordam ko‘rsatganini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)