Oxirgi ikki oy ichida Madagaskarda 19 kishi o‘lat qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz Madagaskarda o‘latga yo‘liqish bilan bog‘liq 104 holatni qayd qildik, 19 kishi vafot etdi”, — ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mami Lalatiana Andriamanarivo.
U joriy yildan o‘lat mavsumi odatdagidan ko‘proq davom etganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Madagaskar 1980-yildan boshlab har yili o‘lat mavsumini boshdan kechiradi. Xastalikni o‘rmon yong‘inlaridan qochib aholi zich yashaydigan hududlarga keladigan sichqonlar keltirib chiqaradi.
Izoh (0)