Braziliyaning uchta janubiy shtati 7-oktabr kuni fuqarolar bilan 2018-yilda mustaqillik referendumini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sur Libre (“Ozod Janub”) harakati yetakchilaridan biri Selso Deusher “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.
“Biz resurslarning og‘ir yo‘qotilishini boshdan kechirmoqdamiz va doim soliqlaring yomon taqsimlanishiga duch kelmoqdamiz. Budjetdagi doimiy diskriminatsiya janubiy hududlarni deyarli yo‘qlik darajasiga tushirib qo‘ymoqda, bu esa bizni Braziliya rahbarligi ostidagi kelajakka bo‘lgan umidimizni so‘ndirmoqda”, — dedi Deusher.
Gap Braziliyaning uchta shtati — Santa-Katarina, Parana va Riu-Grandi-du-Sul haqida ketmoqda, ularning aholisi 29 million kishini tashkil etadi. Xabar berilishicha, ushbu shtatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad Braziliyada eng yuqori ekanligi qayd etilgan.
“Ozod Janub” harakati 1992-yilda Santa-Katarina shtati tarkibiga kiruvchi Laguna shahrida paydo bo‘lgan, keyinchalik unga boshqa ikki shtat ham kelib qo‘shilgan. Harakatning eng katta erishgan yutug‘i 2016-yilda aholi o‘rtasida (500 ming kishi ishtirok etgan) so‘rov o‘tkazilishining tashkillashtirilishi bo‘lgan. So‘rovda ishtirok etganlarning 95 foizi ushbu janubiy uchta shtat o‘zaro birlashib, Braziliya tarkibidan chiqqan holda alohida davlat tuzishi lozimligiga ovoz bergan.
Izoh (0)