Oilaviy korxonalar Xitoy xususiy biznesining 90 foizini tashkil etadi, va yaqin 5–10 yil ichida bunday kompaniyalar asoschilaridan 3 millionga yaqinlari boshqaruvni o‘z farzandlariga topshiradi, deb xabar beradi “RBK” Bloomberg agentligiga asoslanib.
Mamlakatda jami 21,6 million xususiy korxona ro‘yxatga olingan.
Xususiy firmalar Xitoyda yaqinda paydo bo‘la boshladi: Den Syaopin iqtisodiy islohotlarni 1978-yili boshlagan edi, ilk xususiy kompaniyalar esa 1980-yillarda ochildi, deb hikoya qiladi Osiyo oilaviy biznes va tadbirkorlikni tadqiq etish markazi direktori Rojer King. Bunday kompaniyalar asoschilari hozir nafaqaga yaqin yoshdadir.
Ko‘p oilaviy kompaniyalar iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida ishlaydi hamda eksportga ixtisoslashgan. Shuningdek, ular mehnat narxining oshishi bilan bog‘liq muammoga duch kelib turibdi.
Xitoydagi yoshlarni iqtisodiyotning elektron savdo singari tez o‘sayotgan sohalari qiziqtirmoqda. Rojer King, Butunxitoy sanoat va savdo federatsiyasi (ACFIC) ma’lumotlariga asoslangan holda Xitoydagi biznesmenlarning farzandlaridan faqat 40 foizi ota-onasining biznesini meros qilib olishga tayyorligini ma’lum qildi. Yoshlarning aksariyat qismi esa o‘zini yangi sohalarda sinab ko‘rishni istaydi.
Izoh (0)