Ukrainaning Vinnitsa viloyatidagi Kalinovka qishlog‘i yaqinida joylashgan o‘q-dorilar omborida yong‘in boshlandi, deb yozadi Meduza. Alanga 26-sentabr kuni taxminan 22:00 da boshlangan.
Kalinovskiy tumanida evakuatsiya e’lon qilindi. 27-sentabr kuni ertalab holatiga ko‘ra, u yerdan qariyb 30 ming kishi chiqib ketgan. Kamida ikki kishi jarohatlangan bo‘lishi mumkin.
27-sentabr, chorshanba kuni ertalab portlashlarning takrorlanish darajasi daqiqasiga uchtagacha kamaydi. Ombor atrofidagi 50 kilometrli zonada havo hududi yopib qo‘yildi. Yaqin orada joylashgan avmobil yo‘llari va temir yo‘llar ham to‘sib qo‘yildi.
Kalinovka yaqinida Ukraina qurolli kuchlarining 48-arsenali joylashgan, u yerda 188 ming tonna o‘q-dori saqlanadi.
Izoh (0)