AQShning Meksika bilan chegarasida joylashgan San-Diyego shahrida devor prototiplarini yaratish boshlandi. Bu haqda bojxona-chegara xizmati saytiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, hammasi bo‘lib, sakkizta devor prototipi qurilishi rejalashtirilmoqda. Ulardan to‘rttasi betondan, qolganlari esa boshqa qurilish materiallaridan qad ko‘taradi.
Devor prototiplarining barchasi 548 santimetrdan 914 santimetrgacha uzunlikda bo‘ladi.
Ularning loyihasi hududga noqonuniy kirib kelishning oldini olishni ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilgan. Prototiplar 30 kun ichida qurib bitkaziladi.
Bojxona-chegara xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Ronald Vitelloning aytishicha, chegarada devor prototiplarini qurish “chegara xavfsizligini ta’minlash”ga bo‘lgan ishtiyoqni anglatadi.
“Devor prototiplarini yaratish bizga chegarani qo‘riqlsh uchun kerakli vositalarni qo‘llashda davom etish imkonini beradi”, — deydi u.
Izoh (0)