Olimlar guruhi Shimoliy Koreya suv ostida vodorod bombasi sinovi o‘tkazishi oqibatlarini bashorat qilishga urindi. Bu haqda Motherboard xabar bermoqda.
Nyu-York universiteti professori Oliver Byulerga ko‘ra, detonatsiya natijasida ulkan to‘lqinlar paydo bo‘ladi va bu yuzaga katta miqdorda suv bug‘i hamda chiqindilar ko‘tarilishiga olib keladi. 1946-yildagi yadro bombasi sinovidan so‘ng suvdan 38 mingtta o‘lik baliq chiqarib olingandi. Zarb to‘lqini va radiatsiya yaqin atrofdagi deyarli barcha tirik mavjudotni o‘ldiradi. Shu bilan birga, to‘lqinlar sunami hosil qilmaydi.
Okeanshunos Metyu Sharett, o‘z navbatida, portlash tufayli okeanda radiofaol elementlar jamlanishi insonlarga xavf tug‘dirmaydigan darajada oz bo‘lishini bildirmoqda.
Okeanografiya instituti mutaxassisi Vuds-Xoul Ken Busseler esa oqim radiofaol suvni qayerga olib ketishini deyarli taxmin qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Olimlardan hech biri uzoq istiqbolda vodorod bombasi portlatilishi asoratlarini aytib berolmadi. Buning asosiy sababi shundaki, bundan 70 yil avval sinovlar o‘tkazilgan mintaqalar hozirgacha tiklanmagan.
Ma’lumot uchun, KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo mamlakat yetakchisi Kim Chen In Tinch okeanida vodorod bombasi sinovini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)