Rossiya AQSh kimyoviy qurollar arsenalini yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi oxirgi kimyoviy qurolni yo‘q qilishga bag‘ishlangan teleko‘prik chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning ta’kidlashicha, AQSh o‘zidagi kimyoviy qurollarni utilizatsiya qilish tadbirlarini uch marta orqaga surgan.
“Rossiyaning kimyoviy qurolni yo‘q qilish borasidagi sa’y-harakatlari boshqa mamlakatlarga ham namuna bo‘lib xizmat qilishidan umidvormiz”, — dedi Putin.
U bunday qurollarning eng yirik sohiblari Rossiya va AQSh bo‘lganini aytib o‘tdi.
Bir muddat ilgari Udmurtiyaning Kizner qishlog‘ida joylashgan kimyoviy qurolni saqlash va yo‘q qilish bazasida Rossiyadagi oxirgi kimyoviy qurol yo‘q qilindi. Bu haqdagi buyruqni davlat rahbari bevosita teleko‘prik orqali berdi.
Izoh (0)