O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etish missiyasi bilan harakat qiladi. Bu haqda O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Biz 2017—2022-yillar uchun maxsus dastur ishlab chiqdik. Bunda asosan 5 ta jihat ko‘zda tutilgan. Birinchisi, milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash, ikkinchisi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish uchun yangi jamoa tuzish, uchinchisi, tanish-bilishchilik va qarindosh-urug‘chilikka qarshi kurash olib borish, to‘rtinchisi, tashkilotga bo‘lgan ishonchni qaytarish, beshinchisi, bolalar va o‘smirlar futbolini yanada yaxshilash.Bungacha O‘FF prezidenti vazifasida ishlagan Mirabror Usmonov milliy terma jamoani mundialga olib chiqaman deb va’da bermagani haqida aytib o‘tgandi.Shuningdek, 2022-yilgi Jahon Chempionatiga chiqish, O‘FFni Osiyoning eng yaxshi federatsiyalaridan biriga aylantirish maqsadi ham bo‘ladi. Barcha termalarimizning Osiyo va Jahon Chempionatlarida ishtirok etishini ta’minlash ustuvor vazifalar qo‘yiladi.
Izoh (0)