Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Liberal-demokratik partiya yig‘ilishida parlament quyi palatasi — Vakillar palatasi 28-sentabrda tarqatib yuborilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Palata tarqatib yuborilgach navbatdan tashqari saylovlar o‘tkaziladi. Ular 22-oktabrga mo‘ljallangan, saylov kampaniyasi esa 10-oktabrda boshlanadi.
Vakillar palatasining joriy tarkibi vakolatlari rasman 2018-yil dekabrida rasman yakuniga yetardi. O‘sha oyda imperator Akitoning taxtdan voz kechishi va hokimiyatni valiahd shahzoda Naruxitoga topshirishi kutilmoqda.
Izoh (0)