Telegram messenjerining Osiyodagi ayrim foydalanuvchilari servis ishida muammolar kuzatilayotganidan nolimoqda. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“Telegram’ning Osiyodagi serverlari klasteri doimiy elektr ta’minotisiz qoldi, — deyiladi xabarnomada. — Bu Osiyodagi foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatdi. Uskunalar qayta yuklanmoqda va tez orada yana ishlay boshlashi kerak”.
Mashhur internet resurslarini kuzatib boruvchi Downdetector saytiga ko‘ra, messenjer ishdan chiqqani haqida ko‘proq Malayziya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Kambodja, Avstraliya va Filippindagi foydalanuvchilar xabar bermoqda.
Izoh (0)