Xitoyda bloklab qo‘yilgan WhatsApp messenjeri bugun, 26-sentabrdan qayta ish boshladi, deb yozadi “Vedomosti”.
Avvalroq Xitoy hukumati tomonidan ushbu messenjerdagi xabarlar bloklab qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Xitoyda yakshanba va dushanba kunlari WhatsApp umuman ishlamagan. Messenjerning vaqtincha bloklanishi Xitoy Kommunistik partiyasining 18-oktabrdagi 19-qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish va jamiyatni jipslashtirish maqsadida amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.
Bugun, 26-sentabrdan e’tiboran WhatsApp foydalanuvchilari to‘laqonli ravishda matnli xabarlar, foto va audiofayllarni bir-biriga jo‘natishi mumkin.
WhatsApp – Facebook’ning Xitoyda barqaror ishlaydigan yagona mahsuloti hisoblanadi.
Izoh (0)