Mexiko ma’muriyati halokatli zilziladan so‘ng Meksikaning poytaxt shahri qayta tiklanishini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shahar meri Migel Anxel Mansera imzolagan rejaga muvofiq, yashash joylari vayron bo‘lishining uch kategoriyasi joriy etiladi — yashil (minimal zarar ko‘rgan), sariq (yashab bo‘lmaydi, tiklasa bo‘ladi) va qizil (bino buzib tashlanadi).
“Mexiko transformatsiyasi va tiklanishi rejasini imzoladim, fuqarolik jamiyati kuchi bizni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deb yozdi Mansera Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)