Iroq armiyasi turkiyalik harbiylar bilan hamkorlikda ikki mamlakat chegara hududida o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab yubordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Iroq askarlari Turkiyaga 25-sentabr kuni kechki soatlarda yetib keldi. Mashg‘ulotlar Turkiyaning Iroq bilan janubi-sharqiy chegarasida joylashgan Xabura bazasida o‘tmoqda.
O‘sha kuni Iroq Kurdistonida mustaqillik bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar qo‘shma mashg‘ulotlar shu bilan bog‘liqligini taxmin qilmoqda, negaki Iroq va Turkiya rasmiylari referendumni noqonuniy deb hisoblamoqda.
Mashg‘ulotlar 18-sentabr kuni, referendumdan bir hafta muqaddam boshlangan harbiy o‘quvlarning yakuniy bosqichidir.
Izoh (0)