Daryo

Tojikistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qancha pul mukofoti beriladi?

Qo‘shni respublikada jami 24 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgan

1 daqiqa o‘qish32 396 ko‘rishlar0 izoh0

Dushanbeda yashovchi 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming somoniydan (7-maydagi kurs bo‘yicha taxminan 11,6 million so‘mdan) pul ajratiladi. Bu haqda Dushanbe shahar meriyasi xabar berdi.

Foto: Asia-Plus

Ayni paytda Dushanbe shahrida atigi 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan. So‘g‘d viloyatida esa urush qatnashchilarining har biriga qariyb 7 ming somoniy (8 million so‘mdan ziyod) miqdorida pul mukofoti beriladi. Bu yil urush qahramonlariga yordam berish uchun So‘g‘d viloyati hokimligi tomonidan jami 306 ming somoniy (355 million so‘m) ajratilgan.

30 aprel holatiga ko‘ra, Tojikistonda 24 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgan. Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi o‘tgan yili 43 nafar faxriy borligini ma’lum qilgan. 19 yil davomida 9875 nafar urush faxriysi olamdan o‘tdi.

Bu yil Tojikistonda 9-may G‘alaba kunini nishonlashga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazilmaydi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Faridun Maxmadaliyev ma’lum qilgan. U tadbirni bekor qilish sabablarini aytmagan. Shuningdek, “O‘lmas polk” yurishi o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi ham hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘mdan beriladi. Sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 2023-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar