Instagram oylik auditoriyasi 800 million faol foydalanuvchini tashkil etmoqda, ulardan 500 millioni xizmatdan har kuni foydalanadi. Bu haqda fotoservis vitse-prezidenti Kerolin Everson ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Shu tariqa, apreldan beri Instagram’dan har oyda faol foydalanuvchilar soni 100 millionga oshdi. Uning asosiy raqibi — Snapchat servisi avgustda kunlik 173 million faol foydalanuvchi haqida ma’lum qilgandi.
Instagram vakillariga ko‘ra, hozirda servis bilan 2 milliondan ortiq reklama beruvchi hamkorlik qilmoqda. Martda ularning soni 1 milliondan iborat edi.
Izoh (0)