Turkiya Shimoliy Iroq bilan chegaradagi “Xabur” chegara-bojxona punktini qisman yopdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Shuningdek, Turkiya TIV mamlakat fuqarolariga Iroq Kurdistoni hududini tark etishni tavsiya qildi.
“Shimoliy Iroqda 25-sentabr kuni o‘tkazilayotgan referendum mamlakatda xavfsizlik va tahdidlar bilan bog‘liq yangi muammolarga yo‘l ochishi mumkin. Shu sababli oldinroq e’lon qilingan ogohlantiruv ta’sir doirasiga Shimoliy Iroqning Doxuk, Irbil va Sulaymoniya tumanlari ham kiritilishini zarur deb topdik. Turkiya fuqarolarini, bunga o‘ta ehtiyoj bo‘lmasa, ushbu hududlarni tark etishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Oldinroq Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Anqara Iroq shimolidagi referendum natijalarini tan olmasligini bildirgandi.
Izoh (0)