Suriya muxolifati vakillari tarqatgan bayonotga ko‘ra, Rossiya havo-kosmik kuchlari samolyotlari muxolifat zarbalarini o‘qqa tutmoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xususan, AQShga xayrixoh “Suriya demokratik kuchlari”ning Dayr az-Zavrdagi gaz koni yaqinida joylashgan marralari Rossiya samolyotlari tomonidan o‘qqa tutilgan.
Bundan bir necha kun oldin muxolif kuchlari ushbu gaz konining terrorchilardan tortib olinganini rasman e’lon qilgan edi.
Izoh (0)