Meksika poytaxtida qutqaruv xizmatlari xodimlari va ko‘ngillilar vayronalarni yig‘ishtirish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatdi. Mamlakatning Oaxaka shtatida ro‘y bergan yangi zilziladan so‘ng shunday qaror qabul qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu borada respublika fuqaro mudofaasi kuchlari milliy koordinatori Luis Felipe Puente bayonot berdi.
“Xavfsizlik protokoliga muvofiq, operatsiyalar to‘xtatildi, mutaxassislar ishni davom ettirish oldidan tahdidni baholamoqda”, — dedi Puente.
Eslatib o‘tamiz, Oaxakada 6,2 magnitudali zilzila ro‘y bergan edi. Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
19-sentabr kuni Meksikada 7,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning oqibatida 293 kishi halok bo‘ldi, poytaxtda 40 dan ortiq bino vayrona ahvolga keldi.
Izoh (0)