Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 11-sentabr kuni soat 13.00 da mazkur tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan Tursunmat Vohidov uyi oldida o‘zaro janjallashib, nafaqaxo‘r mahalladoshi, 1952-yilda tug‘ilgan Dadajon Normetovni qo‘li bilan urgan. Natijada u bosh qismi bilan yerga yiqilgan va tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Dadajon Normetov koma holatida bo‘lganligi sababli muomalaga kira olmasligi, bosh qismiga og‘ir jarohat yetganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan Tursunmat Vohidovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan keltirlgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan.
Izoh (0)