21-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev AQShdagi o‘zbekistonliklarni vataniga qaytishga chaqirib, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. O‘zbekiston prezidenti Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan ham uchrashdi.
2. Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan uchrashdi. Kichik mundiallar O‘zbekistonda o‘tishi mumkin. FIFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurishga va’da berdi.
3. Onlayn-auksionga birinchi toifali davlat raqam belgilari qo‘yilishi boshlandi. Savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50 dan ziyod “oltin” avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25 dan ortiq lotlar joylashtirildi.
4. Qoraqalpog‘istonda maktabga uzoq masofadan qatnaydigan 50 nafar o‘quvchiga velosiped topshirildi. Ayni kunlarda “Yoshlar targ‘ibot” poyezdi a’zolari butun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab turli yo‘nalishlarda, qator loyihalarni amalga oshirmoqda.
5. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston pasporti topshirildi. 1991-yildan 2007-yilgacha 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.
Izoh (0)