Avstraliyaning Kvinslend shtati, Rokgempton shahri yaqinidagi Fitsroy daryosi yaqinida 5,2 metrlik timsohning tanasi topildi. Bu haqda 22-sentabr kuni ABC News xabar qildi.
Ulkan sudraluvchi boshidan o‘q yeb o‘lgani aniqlandi. Politsiya jasadni yorib ko‘rish natijasida qotilni topishga yordam beradigan qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lishga umid qilmoqda.
Avstraliya qonunlari timsohlarni o‘ldirishni qat’iyan taqiqlaydi. Besh metrdan ortiq uzunlikka ega jonivorning o‘ldirilishi ayniqsa qattiq jazolanadi. Qonunbuzar 28 ming Avstraliya dollari miqdorida jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Kvinslend atrof muhitni himoya qilish vazirligi mahalliy aholi vakillarini endi qolgan timsohlar o‘zlarini tajovuzkor tutishidan ogohlantirdi.
“Aniq tushunish kerakki, jonivorning halokati Fitsroy timsohlari populyatsiyasidagi muvozanatni buzib yubordi, — tushuntirdi bioxilma-xillik bo‘yicha direktor Maykl Joys. — Yosh erkak timsohlar tajovuzkorligi oshishini kutmoqdamiz. Bu endi ular bo‘shagan yetakchi o‘rni uchun kurashishi bilan bog‘liq”.
Izoh (0)