Bahodir Ahmedov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Ashxobod—2017 dagi to‘rtinchi o‘yinida Xitoyni taslim qila olmadi — 4:4.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar to‘rt bor oldinga chiqib olib, har safar javob golini o‘tkazib yubordi. Shu tariqa jamoa o‘z guruhini peshqadam sifatida yakunlay olmadi.
Bungacha O‘zbekiston BAA ustidan 5:1 va Maldiv ustidan 9:1 hisoblarida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, 20-sentabr kuni kutilmaganda Afg‘onistonga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi — 2:4.
Afg‘onistonlik futzalchilar yuz foizlik natija bilan guruhni peshqadam sifatida yakunladi — 12 ochko. O‘zbekiston esa 7 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.
Chorak finalda O‘zbekiston futzal termasi mezbon Turkmaniston yoki Vyetnam bilan to‘qnash keladi.
Ashxobod—2017 Guruh bosqichi. 2-tur 18-sentabr, dushanba
Izoh (0)