Buyuk Britaniya sudi 18 yoshli Suriya fuqarosi Ahmad Hassanga nisbatan London metropolitenida uyushtirilgan teraktga aloqadorlik aybini ilgari surdi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Skotlend-Yard bayonotiga ko‘ra, o‘smir metro yo‘lovchilarini o‘ldirishda, shuningdek, “Parsons-grin” bekatida portlovchi uskunani harakatga keltirishda ayblanmoqda.
Politsiya Hassanni 16-sentabr kuni Duvrda ushlagan edi.
Politsiya tergov doirasida jami olti erkakni ushladi. Hassandan tashqari, 48, 30, 25, 21 va 17 yoshli gumondorlar hibsda saqlanmoqda.
Izoh (0)