Yiqildimi? Yaxshi qaramagansiz. Toshma toshib ketdimi? Ko‘proq yedirgansiz. Shubhasiz, hammasi uchun mas’ul bo‘lishning hech imkoni yo‘q. Ayniqsa ro‘yxatimizning navbatdagi bandlariga.
Boladan charchaydi
Hatto bola uzoq kutilgan va sevimli bo‘lsa ham, har bir ona qaysidir lahzada oxirgi kuchlarini sarflaydi va ich-ichidan butunlay holdan toyganini his qiladi. Og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamning charchashi tabiiy hol.
Bolani parvarish qilish, yillar davomida har daqiqa u haqda, unga kerak bo‘ladigan narsalarni o‘ylash va ularni bajarish – juda og‘ir mehnat. Og‘ir depressiya holatiga tushgandan ko‘ra, yaxshisi bunga ro‘yirost iqror bo‘lish va onalarning yoki enaganing yordamini qabul qilish kerak.
Emizmaydi (yoki kam emizadi)
Hamma onalar ham bolalarini ko‘krak suti bilan yetarlicha ta’minlay olmaydi. Buning uchun u yaqinlarining bosimi ostida o‘zini “yomon ona”dek va aybdordek his qiladi. Bolaga birinchi o‘rinda nima qilishni o‘zi ham yaxshi bilmaydigan va shubhalar ostiga ko‘milgan ona emas, balki xotirjam va yaxshi kayfiyatli ona kerak bo‘ladi.
Bolaga birinchi qo‘shimcha ovqatni o‘zi tayyorlamasdan, tayyorini beradi
Qaysisi foydaliroq ekanligini hech kim aniq bilmaydi. Shifokorlar, buvilar, onalar forumi foydalanuvchilari – bu borada hammaning fikri har xil. Ba’zilar qo‘lda tayyorlangani tabiiyroq deb hisoblaydilar. Boshqalar esa fabrika sifat nazoratiga ko‘proq ishonadilar. Ularning oxirgisiga ishonch bilan qo‘shiling – va nihoyat, buning uchun o‘zingizni ayblashni to‘xtating.
Izoh (0)