Meksikada ro‘y bergan shiddatli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 251 kishiga yetdi. Bu haqda, mintaqaviy ma’muriyat bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgari qurbonlar soni 230 kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
7,1 magnitudali zilzila Meksikada 19-sentabr kuni ro‘y berdi. Yer silkinishlari Meksika janubida, xususan, poytaxt Mexikoda sezildi.
Mexikoda 115 kishi, Morelos shtatida 73 kishi, Pueblada 44 kishi, Mexiko shtatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, Gerreroda besh, Oaxakada bir o‘lim qayd qilindi.
Izoh (0)