Ispaniyada Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari ommaviy norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda. Ular 1-oktabrda o‘tadigan mustaqillik referendumini qoldirish harakatlariga qarshilik ko‘rsatmoqda, deb ma’lum qiladi “ChannelsTV”.
Jumladan, bir necha yuz kishi Kataloniya yuqori sudi binosi oldida to‘plandi. Ularning qo‘lida “Diktaturani to‘xtatamiz” va “Ovoz berishni istaymiz” deb yozilgan shiorlar bor».
Ispaniya hukumati matbuot kotibi Mendes de Vigo bu namoyishlar kichik guruh tomonidan tashkil etilganini va aholining ko‘pchiligi ishonadigan g‘oyalarni aks ettirmasligini ta’kidladi.
Ilgariroq Ispaniya markaziy hukumatiga bo‘ysunuvchi kuch tuzilmalari Kataloniya rasmiy idoralarida tintuv o‘tkazgani hamda bir necha kishini hibsga olgani, shuningdek, referendum uchun tayyorlab qo‘yilgan 10 milliondan ortiq byulletenlarni musodara etgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)