BAAning Al-Ayn shahrida favqulodda xizmat telefoniga shaharda yashovchi fuqarodan minnatdorlik xabari keldi. Bu holat Bashir Kottoz bilan yuz berdi. U o‘z vaqtida qizini xalos etgan qutqaruvchilarga minnatdorlik bildirdi, deb yozadi UAEInside.
Oila boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda o‘sha kun tongi odatdagidan farq qilmagan. Bashirning 14 yoshli kichik qizi Naurin maktabga borishga tayyorgarlik ko‘rgan. Qizcha kiyinayotganda, ota-onasi uning xonasidan gumbirlashni eshitgan. Keyinroq eshik ichkarida qulab tushgan mebel tufayli yopilib qolganligi aniqlangan. Naurin ham, uning otasi ham eshikni mustaqil ravishda ocha olmagan.
Shunda Bashir favqulodda xizmatning “999” raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan. Hayot uchun juda xavfli vaziyat bo‘lmaganligiga qaramasdan, favqulodda xizmat xodimlari besh daqiqada voqea joyiga yetib kelgan. Ular eshikni ehtiyotkorlik bilan buzib, asir qizni ozod qilgan. Naurinning sog‘lig‘i joyida edi va u maktabga yuzida tabassum bilan yo‘l oldi.
Izoh (0)