Suriyaning Idlib viloyatida “Jabhat an-Nusra” terrorchi guruhi jangarilarining hujumi chog‘ida Rossiya maxsus kuchlarining uch harbiy xizmatchisi yaralandi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Harbiy politsiya jangchilari qurshovga tushib qoldi. Ularga yordam berish uchun yuborilgan guruhning uch jangchisi halqani yorib o‘tish chog‘ida yaralandi.
Rossiya Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi rahbari general-polkovnik Sergey Rudskoy ushbu hujum AQSh maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilganini, undan maqsad Suriya hukumat qo‘shinlarining Dayr az-Zavrdagi yurishlarini to‘xtatish bo‘lganini aytib o‘tdi.
Hujum 19-sentabr ertalabki soatlarida boshlandi. Bir kun ichida jangarilar frontdan 12 kilometr ichkariga siljidi. Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, terrorchilarning tanklari hamda piyodalarning harbiy mashinalari bor.
Bundan tashqari, sutka davomida 850 terrorchi, ularga tegishli 11 tank, to‘rt BMP va boshqa texnika yo‘q qilinganini bildirildi.
Izoh (0)