AQShning Luiziana shtatidagi Baton-Ruj shahrida ko‘chalardan biri qonga botdi. Ko‘cha fotosuratlarini WBRZ nashri e’lon qildi.
Surat Florida Bulvar ko‘chasidagi Greenoaks Funeral Home dafn byurosi yaqinida olingan. Unda gazondagi klapandan qon chiqib, asfaltdan oqayotganini ko‘rish mumkin.
Aniqlanishicha, substansiya formaldegid aralashgan qon ekan. Shahar ma’muriyati vakillari voqea joyiga inspeksiya yubordi. Tekshiruv natijasida sizish manbasi munitsipal kanalizatsiya emas, xususiy mulkdagi jihozlar ekanligi aniqlandi.
Sizish taxminan 20 daqiqa davom etdi, shundan so‘ng dafn byurosi xo‘jayini qon oqimlarini to‘xtatishga erishdi.
Izoh (0)