Buyuk Britaniyada Natmeg laqabli dunyodagi eng keksa mushuk 32 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Nafas yo‘llari yallig‘lanishini boshdan kechirayotgan mushuk yurak yetishmovchiligidan kuchli aziyat chekdi va uning egalari Liz va Yan uy hayvoni hayotiga yakun yasashga qaror qildi.
Liz va Yan mushukni 1990-yilda o‘zlarining bog‘ida uchratgan edi. O‘shanda veterinariya klinikasi u besh yoshda ekanligini aniqlagan edi. Shundan buyon er-xotin uzoq yillar davomida undan ajralmadi.
“U qayerda yaxshi yashashini bilardi va rafiqamni boshqacha yaxshi ko‘rar edi. U bizning mushugimiz emas, biz uning odamlari edik. Buni unutib qo‘yishimizga hech qachon yo‘l qo‘ymasdi. Uning uzoq yashashi siri shunda deb o‘ylayman”, — deydi Yan.
Izoh (0)