Qirg‘iziston Oliy sudi kollegiyasi quyi instansiya qarorini ma’qulladi va nomzodlar Ahmadbek Keldibekov va Is’hoq Masaliyevni prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qo‘ymadi. Bu haqda sud devonxonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Quyi instansiya qarori Keldibekovning sudlanganligi tugatilmaganligi, Masaliyev taqdim etgan saylovchilar imzolarida esa qonunchilik talablari buzilgani sababli qo‘llab-quvvatlandi”, — izoh berdi devonxona vakillari.
Oldinroq yuqoridagi sabablarga ko‘ra mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ikki nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan, biroq ular mazkur qaror yuzasidan sud idoralarida bahs qilishga uringandi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari joriy yil 15-oktabriga belgilangan.
Izoh (0)