Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Vladimir Putinning 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etishi haqidagi savolga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Bu hozircha faqat siyosatshunoslar orasidagi muhokamalardir. Bilasizki, prezident hali o‘z qarorini aytgan emas. Preziddent ma’muriyati aynan shundan kelib chiqib ish tutadi. Ishimiz shundan iborat”, — dedi u.
Peskov, shuningdek, shoshqaloqlik qilmaslik kerakligini ta’kidladi.
“Bilasiz, davlat rahbari oldindan elektoral kayfiyatlarga berilmaydi, ma’muriyat ham shunday qiladi”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)