Latviya prezidenti Raymonds Veyonis fuqaro bo‘lmagan rezidentlar mamlakat hududida yashagan taqdirda ularning farzandlariga fuqarolik taqdim etishga qaratilgan qonun loyihasini Seym muhokamasiga kiritdi. Bu haqda Mixnews portali xabar bermoqda.
Qonun loyihasi 2018-yilning 1-iyunidan so‘ng tug‘ilajak farzandlarni inobatga oladi. Ularga respublika pasporti taqdim etiladi. O‘zgartishlar yiliga 50–80 bolani qamrab oladi.
Hujjatga sharhda aytilishicha, uning qabul qilinishi jamiyatning birdamligiga xizmat qiladi.
Izoh (0)