Qozoq tili uchun lotin grafikasi asosidagi yangi alifbo ishlab chiqayotgan mutaxassislar 25 harfdan iborat loyiha taklif qildi. Qozoq kirillchasi 42 harfdan iborat, deb eslatadi “Interfaks”.
“Ushbu alifbo loyihasining yaratilishi birinchi navbatda qozoq tilining tovush tizimini inobatga olgan. Natijada taklif etilayotgan alifbo 25 harfdan iborat”, — dedi Shayaxmetov nomidagi respublika koordinatsion-metodik markaz direktori Yerbol Tleshov mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tgan eshituvlarda.
Uning so‘zlariga qaraganda, alifbo quyidagi prinsipga asoslanadi: bitta tovush uchun bitta harf. Bundan tashqari, qozoq tili fonetikasini aks ettirish uchun alifboga sakkizta digraf (qo‘shharf) kiritiladi.
Izoh (0)