20-dekabr kuni Ispaniya La Ligasida Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari to‘qnash kelishi kerak edi. “Qirollik klubi” mazkur bellashuv sanasini o‘zgartirishni so‘rab, La Liga rahbariyatiga murojaat qildi va bunga ijobiy javob oldi.
Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi sifatida “Real” 6—16-dekabr kunlari klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Amirliklarda bo‘lib o‘tadigan musobaqadan qaytgan jamoa, to‘rt kun ichida yana bir katta o‘yinga tayyorgarlik ko‘rib ulgurmasligi mumkin.
Vaziyatni o‘rganib chiqqan La Liga, “El-Klasiko”ni 23-dekabrda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 ga rejalashtirilgan.
Mavsumni “Real” va “Barselona” Ispaniya Superkubogi bilan ochib bergan bo‘lib, har ikki o‘yinda ham madridliklarning qo‘li baland kelgandi — 3:1, 2:0.
Izoh (0)