Kuba hukumati mamlakat hududida o‘n kishi “Irma” to‘foni qurboni bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
To‘fon Gavana yaqinidan o‘tmoqda. Shamol tezligi soatiga 121 kilometrni tashkil etdi. To‘lqin balandligi 6–9 metrga yetmoqda.
Ayni paytda “Irma” epitsentri Tampa bo‘g‘ozidan 80 kilometr g‘arbroqda. To‘fon kuchi susaymoqda, ammo u yana bir necha kun davomida mintaqaga xavf soladi.
Izoh (0)