Megapalov O‘zbekistonning Ginnesning rekordlar kitobidagi yagona natijasi emas. Mazkur kitobga, jumladan, qoraqalpog‘istonlik Allaniyoz Uteniyozov ham kiritilgan, deya xabar beradi “KRuz.uz”.
Taniqli o‘qituvchi, mehnat faxriysi Allaniyoz Uteniyozov ingliz tili o‘qituvchisi sifatida maktabda bolalarga ta’lim bergan. 1954-yildan boshlab yozgi ta’til paytida kam ta’minlangan va nochor oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda uysiz kishilarga turar joy qurib berishni boshlaydi.
Umri davomida o‘z qo‘llari bilan 40 uy, 2 maktab, har biri 30 o‘rinli 2 ta bolalar bog‘chasi, 2 ta shifoxona, 1 ta kutubxona qurib bitkazdi. 2000-yillarda 15 gektar yer maydonini ko‘kalamzorlashtirib, unumli yerga aylantirdi.
Beqiyos xizmatlari uchun Allaniyoz Uteniyozov 2001-yilda “O‘zbekiston Qaxramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Uning amalga oshirgan ishlari Ginnesning rekordlar kitobida alohida e’tirof etilgan.
Izoh (0)