• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitidagi nutqi

    O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitidagi nutqi matnini keltirib o‘tdi.

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Bismillohir Rahmonir Rahiym

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu

    Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti muhtaram Nursulton Nazarboyev Janobi Oliylari!

    Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, muhtaram doktor Ahmad al-Usaymin Janobi Oliylari!

    Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

    Xonimlar va janoblar!

    Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammitining mavzusi, ya’ni “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish” degan g‘oya bugun har qachongidan ham dolzarbdir.

    Ta’kidlash kerakki, Islom olami jahon fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan faxrlanishga to‘la haqlidir.

    Xususan, Markaziy Osiyo hududi Sharq Renessansining yirik markazlaridan biri sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhur bo‘lgan.

    Bu haqda gapirganda, avvalo, ulug‘ vatandoshlarimiz – algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan Ibn Sino, davlat arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek singari mutafakkir zotlarning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

    Bugungi notinch va tahlikali zamonda taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

    Ana shunday ezgu maqsad bilan o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan tashkilotimizning Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazinitashkil etish g‘oyasini ilgari surgan edik va hozirda bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Fursatdan foydalanib, tashkilotimizga a’zo davlatlar rahbarlariga, xususan, Islom taraqqiyot bankining prezidenti Bandar Hajar Janobi Oliylariga tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

    Bugungi kunda O‘zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozmalar saqlanmoqda, ularning asosiy qismi YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    Ayni vaqtda biz O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish ishlarini boshladik. Va Tashkilotga a’zo mamlakatlarni faol hamkorlikka chaqiramiz.

    Bu markazni “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida barpo etishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raisligi davrida “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” g‘oyasini ilgari surgani albatta bejiz emas.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari va innovatsiya markazlari faoliyat olib bormoqda.

    Keyingi paytda mamlakatimizda yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar – Genomika va bioinformatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, Yuqori texnologiyalar markazi, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tashkil etildi.

    Biz Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasi faoliyatini yuksak baholaymiz va uning ishida yanada faol ishtirok etishni rejalashtirganmiz.

    Tashkilotimizning mazkur yo‘nalishda 2005-2015-yillarga mo‘ljallangan O‘n yillik harakatlar dasturinatijalari belgilangan maqsadlarga erishilganidan dalolat beradi.

    Ayni vaqtda ko‘plab musulmon mamlakatlari ilm-fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganini tan olish lozim.

    Masalan, a’zo davlatlarning faqatgina 11 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning 500 ta eng yaxshi universiteti reytingidan o‘rin olgan, xolos.

    Yoki 2015-yilda dunyo bo‘yicha patent olish borasidagi murojaatlarda bu mamlakatlarning hissasi atigi biru o‘ndan to‘qqiz foizni tashkil etgan. Tashkilotga a’zo davlatlarda 2016-yilda e’lon qilingan ilmiy maqolalarning qariyb 80 foizi 7 ta davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bo‘lsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko‘rsata olmayotganini afsus bilan qayd etish lozim.

    O‘ylaymanki, fundamental fan sohalarini rivojlantirish, davrning dolzarb muammolariga ilmiy yechimlar topishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish islom olamining ilmiy-texnologik salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

    Mirzo Ulug‘bekning astronomiya fani rivojidagi bebaho hissasini e’tiborga olib, Samarqand shahrida zamonaviy teleskop o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifni biz minnatdorlik bilan qabul qilamiz.

    Biz Islom hamkorlik tashkilotining 2016-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘n yillik harakatlar dasturi va uning ustuvor yo‘nalishlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz hamda quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratish kerak, deb hisoblaymiz.

    Birinchidan, global iqlim o‘zgarishlari muammosi. Aksariyat mintaqalarda tuproq yemirilib, unumdor yerlar qisqarib bormoqda, cho‘llanish, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash jiddiy muammoga aylanmoqda.

    Orolbo‘yidagi ekologik falokat tufayli bu tahdidlar bizning mintaqamiz uchun yanada katta xavf tug‘dirmoqda. Biz "personallashtirilgan qishloq xo‘jaligi" konsepsiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qilishni taklif etamiz.

    Bu konsepsiya qishloq xo‘jaligi ekinlarining muayyan muhit, tuproq, o‘g‘it, suv va biostimulyatorlarga nisbatan reaksiyasini inobatga olib, ularning aniq genotiplariga e’tibor qaratishni nazarda tutadi.

    Ikkinchidan, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalashgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur, deb hisoblaymiz.

    Shu munosabat bilan Qozog‘iston Prezidenti muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevning barqaror va inklyuziv iqtisodiy taraqqiyotga erishish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan musulmon davlatlari o‘rtasida infratuzilmalar bo‘yicha integratsiyani tashkil etish haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Uchinchidan, yuqorida zikr etilgan Doimiy qo‘mitaning a’zo davlatlar hududida oltita Yuqori samarali komputer markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tavsiyasiga muvofiq, shunday markazlardan birini O‘zbekistonda joylashtirishga tayyor ekanimizni bildiramiz.

    Biz yosh olimlarga bilim va tajriba almashish, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish imkonini beradigan Musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzishni etishni taklif etamiz.

    To‘rtinchidan, Doimiy qo‘mita homiyligida O‘zbekistonda Al-Xorazmiy xotirasiga bag‘ishlab, yosh matematiklar o‘rtasida Xalqaro olimpiadani tashkil etishni taklif qilamiz.

    Beshinchidan, musulmon dunyosida erishilayotgan ilm-fan yutuqlarini munosib taqdirlash hamda ularni xalqaro miqyosda ommalashtirish uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.

    Oltinchidan, muqobil energiya manbalarini keng miqyosda o‘zlashtirish barchamiz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega. Shu boisdan bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-innovatsion loyihalarni birgalikda, xususan, investitsiyalar kiritish hisobidan amalga oshirishga tayyor ekanimizni bildiramiz.

    Yettinchidan, a’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanimizni bildirmoqchiman.Muhtaram anjuman ishtirokchilari!

    Bugungi sammit musulmon ummatining birdamligini mustahkamlash, xalqlarimizning ravnaqi va farovonligi yo‘lidagi tarixiy qadam, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

    Ishonchim komil, ushbu anjuman buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek Buxoro shahrida bunyod etgan madrasa peshtoqiga bitilgan “Ilm egallash har bir muslim va muslima uchun farzdir”, degan hadisi sharifni hayotimiz qoidasiga aylantirishga xizmat qiladi.

    Fursatdan foydalanib, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, doktor Yusuf bin Ahmad al-Usaymin Janobi Oliylariga, Tashkilotimizning Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasi raisi, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn Janobi Oliylariga musulmon olamidagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy sa’y-harakatlari uchun tashakkur bildiraman.

    Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevni go‘zal Ostona shahrida “EKSPO – 2017” xalqaro ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli o‘tgani bilan samimiy tabriklayman hamda bugungi sammit yuksak saviyada tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.E’tiboringiz uchun tashakkur.

    11.09.2017, 09:12   Izoh (0)   13206
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Ostonada Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

    11.09.2017, 08:56

    Xorazmda 8 yoshli bola nutqidagi kamchiliklar Prezident ajratgan mablag‘ hisobidan bartaraf etiladi

    10.09.2017, 20:35

    Qibraydagi IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi tanlov e’lon qildi

    10.09.2017, 19:07

    Hindistonning Apollo klinikasi shifokorlari Namanganda bemorlarni qabul qildi

    10.09.2017, 17:51

    Sirdaryoda 200 o‘rinli yangi bolalar oromgohi uchun yer ajratildi

    10.09.2017, 15:21

    Parijdagi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdim etildi

    10.09.2017, 12:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.