Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 20-tur bellashuvlari start oldi. 7-sentabr kuni uning doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kunning markaziy o‘yinida Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi” buxoroliklarni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. G‘alaba goli so‘nggi soniyada kiritildi.
Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan bir vaqtda, “Buxoro” ustozi Ulug‘bek Baqoyev uning qo‘l ostida to‘p surgandi. Oradan vaqt o‘tib, Baqoyev ustozini taslim qildi. Abramov esa chempionatning 7 ta o‘yinidan buyon g‘olib chiqish nima ekanini bilmaydi.
Mazkur turda Igor Shkvirin boshqaruvidagi “So‘g‘diyona” klubi 4 ta gol urishga erishdi. Shu tariqa jizzaxliklar Shkvirin tashrifidan buyon ilk bor zafar quchdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 20-tur o‘yinlari 7-sentabr, payshanba
“Mash’al” — “Navbahor” 2:1
Gollar: Shahzod Shaymanov, 25-pen (1:0). Nemanya Yovanovich, 28 (1:1). Zafar To‘rayev, 58 (2:1).“Neftchi” — “Buxoro” 1:2
Gollar: Vladimir Bayenko, 39 (0:1). Muzaffar Muzaffarov, 69 (1:1). Azamat Allaniyozov, 90+3 (1:2).“Dinamo” — “Qo‘qon—1912” 0:0
“Obod” — “So‘g‘diyona” 2:4
Gollar: Ixtiyor Toshpo‘latov, 7 (0:1). Elbek Ravshanov, 9 (1:1). Elbek Ravshanov, 49 (2:1). Ixtiyor Toshpo‘latov, 53 (2:2). Sanjar Rashidov, 64 (2:3). Sanjar Rashidov, 85 (2:4).8-sentabr, juma“Lokomotiv” — “Sho‘rtan”“Qizilqum” — “Bunyodkor”“Nasaf” — “Olmaliq”
9-sentabr, shanba“Metallurg” — “Paxtakor”
Izoh (0)