Moldova parlamenti spikeri Andrian Kandu maxsus brifingda mamlakat prezidenti Igor Dodon armiya xizmatchilariga chet eldagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishga yo‘l qo‘ymay, o‘z mansabini suiiste’mol qilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgari Dodon mamlakat qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni sifatida harbiy xizmatchilarga chet eldagi operatsiyalar, missiyalar, o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv yig‘inlari, kurslar va boshqa turdagi tadbirlarda ishtirok etishni taqiqlovchi buyruqni imzolagan edi. Harbiy xizmatchilar tilga olingan tadbirlarda qatnashishi uchun oliy bosh qo‘mondondan ruxsat olishi talab etiladi.
Bundan tashqari, Moldova yetakchisi mudofaa vaziri o‘rinbosari Georgiy Galburning iste’fosini talab qildi. U ayni paytda mudofaa vaziri vazifasini bajarib turibdi.
Izoh (0)